Unai Emeri "Manchester Yunayted" e'tiborida

Sherzod Nurmatov
15 sen 2025
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Bu haqda "GiveMeSport" ma'lum qildi.

Ispaniyalik murabbiy "qizil iblislar" boshqaruvchisi sifatida Ruben Amorimning potencial davomchisi sanaladi.

Ma'lum qilinishicha, Birmingem klubi Emeri qo'l ostidagi hozirgi natijalardan ko'ngli to'lmayapti – jamoa APLning dastlabki to'rt turida bor-yo'g'i 2 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda. Bu holat "Yunayted"ga uni taklif qilishni osonlashtirishi mumkin.

MYU ham mavsumni yaxshi boshlamadi: jamoa 4 ochko bilan 14-o'rinda ketmoqda. O'tgan yilning noyabr oyida Lissabonning "Sporting" jamoasidan kelgan Amorim klub va muxlislar umidini oqlay olmadi.

Unai Emeri tajribali murabbiy bo'lib, "Sevilya"dagi muvaffaqiyatli faoliyati, Yevropa Ligasida qatorasiga uch marta g'olib chiqqani, shuningdek, "Vilyarreal" va "Arsenal"dagi faoliyati bilan mashhur.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport