UzDongJu Qozog'iston klubiga mag'lub bo'ldi

Birinchi liga ishtirokchisi bo'lgan Andijonning UzDongJu jamoasi ayni damda Toshkentda yig'in olib bormoqda.

“Bo'yoqchilar”navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. “Do'rmon” stadionida “Kaspiy” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda qozog'istonliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yinni Isoq Ibragimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

Darvoqe, UzDongJu safiga Mirzohid Mirsaidov qaytganini ma'lum qilamiz.

  Nazorat o'yini.

UzDongJu - Kaspiy 0:1.

Uchrashuvda murabbiylar quyidagi tarkibdan foydalandi: Ravshanbek Yagudin, Azizbek Qayumov, Shohruh Ergashev, Shoyad Mullajonov, Azizbek Mahmudov, Suhrob No'monov, Solohiddin Solohiddinov, Usmonali Ismonaliev, Shokir Odiljonov, Asilbek Azizov, Davron Farhodov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mirsaidov, Aziz To'xtamatov, Ozodbek Komilov, Abror Komilov.



“UzDongJu” matbuot xizmati.



Manba: championat.asia