Vadim Abramov: "Neftchi"ga qarshi o'yindan qoniqmadim"

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov betobligi tufayli "Neftchi"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmadi.
"Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri Vadim Karlenovichdan intervyu oldi. Quyida ushbu intervyuning asosiy qismini taqdim etamiz.

- Ancha yaxshiman. Qatardagi o'yindan so'ng biroz betob bo'lib qoldim va shifoxonaga yotib davolanishga to'g'ri keldi. Shu bois "Neftchi" bilan o'tgan o'yinda ishtirok eta olganim yo'q.

- Bizga vaziyatlardan unumli foydalanib gol urish yetishmayapti. Masalan, "Paxtakor"ga qarshi Superkubok bahsida biz imkoniyatlardan unumli foydandib va 4ta gol urdik. Yaxshi o'ynaymizmi yomonmi, "Neftchi"ga o'xshagan jamoalarni biz har qanaqasiga yutishimiz kerak. Ammo o'z uyimizda ikki ochkoni boy berdik. Shuning uchun natijadan ham, o'yindan ham qoniqdim deya olmayman. Lekin so'nggi vaqtlardagi omadsizlikdan tushkunlikka tushish kerak emas. Hali hammasi oldinda.

- OCHLda guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor. Buning uchun g'alaba qozonishimiz kerak. Ikkinchi davrada 2ta uchrashuvni o'z maydonimizda o'tkazamiz va bundan unumli foydalanishimiz kerak. Nima bo'lganda ham OCHLda oxirigacha kurashamiz, - deydi Vadim Abramov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia