Vadim Abramov: "Omadimiz kelib, so'nggi daqiqada gol urdik"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2023
"Xorazm"ga qarshi kechgan bahsdan (1:0) so'ng "Dinamo" ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vadim Abramov: "O'yin qiyin kechdi. Omadimiz kelib, so'nggi daqiqada gol urdik. Bu futbolchi oldinroq oddiy vaziyatdan foydalanishi kerak edi. "Xorazm" jamoasiga bugun o'ynagandek davom etishni tilab qolaman.

- Pro ligada qaysi jamoalarni asosiy raqib deb bilasiz?

- Jadvalda ular ajralib qolgandek deb o'ylayman. "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912" Superligaga chiqishga davogarlik qilsa kerak. Hozir aniq bir narsa deyish qiyin, biroz kutaylik.

- Joel Kojo o'yini haqida nima deya olasiz?

- U harakat qilyapti va biz bundan qoniqyapmiz. Yaxshi hujumchi, jamoamizga kirishib ketdi. Bazi vaziyatlardan foydalana olmadi, maydon ham "og'ir" ekan.

- Bugun "Dinamo" safida ikki asosiy futbolchi yo'q edi. Ular qachon qaytishadi?

- Oldimizda katta tanaffus bor. Bu vaqt ichida hatto qushlar ham katta bo'lib qolishadi.

"Xorazm" mening O'zbekistondagi birinchi jamoam bo'lgan. Odamlar iliq kutib olishdi. Qaytish yoqimli bo'ldi. Hammaga katta rahmat.



Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Xurshidhuja
30 apr 2023
Кимларгадар йокмас шу Абрамов мужик тренер
Азик Asian
30 apr 2023
Пролиганинг узида супер лига учун жамоа яратиш керак ва утган галдагидай супер лигага чиккач 99% жамоани янгилаб шарманда булмаслик керак.
Зинуp
30 apr 2023
Ватан хойини абрам