Vadim Abramov: "Yana oxirgi daqiqada o'zimizga o'zimiz gol olib keldik"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2020
Coca Cola Superliga 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro"(1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mana bir necha o'yindirki "Buxoro" bilan bir xil ssenariy qayd etilmoqda. O'tgan yili ham xuddi shunday bo'lgandi. Tezkor gol urdik, shundan so'ng raqib tezda o'ziga keldi. "Buxoro" tarkibidagi yosh futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Har doimgidek oxirgi daqiqada o'zimizga o'zimiz gol olib keldik",- deydi Vadim Abramov.

- Nurillo To'xtasinov "Bunyodkor" jamoasi tarkibida ajoyib o'yinlar o'tkazmoqda. Uning terma jamoaga chaqirilmagani nima bilan bog'liq?

- Nurillo To'xtasinov harakat qiladigan joyda raqobat yuqori. Tanlov imkoniyati keng. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 

- Jamoa kombinacion va chiroyli o'yin ko'rsatish borasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Lekin, vaziyatlardan foydalanish borasida o'rtamiyonalarga xos harakat qilmoqda...

- Ha, to'g'ri ta'kidladingiz. Vaziyatlarni yakunlashda mahorat yetishmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia