"Valensiya" darvozabonlari LaLigadagi 38ta penaltining yarmini qaytarishdi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2018
"Valensiya" darvozaboni Neto "Atletik"ga qarshi LaLiganing 26-tur uchrashuvida basklar hujumchisi Aric Adurisning 11 metrlik jarima zarbasini qaytardi.

Braziliyalik ushbu turnirda "ko'rshapalaklar" darvozasi tomon belgilangan 38ta penaltining 19-ni qaytardi (50%).

11 metrlik nuqtadan berilgan zarbalarni eng ko'p qaytargan "Valensiya" posboni Diego Alves (26tadan 12ta).

Jaume Domenek, Visente Guaita, Neto va Mettyu Rayan 19ta penalti qaytargan darvozabonlar safida joy olishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta