Valensiya Rossiya terma jamoasi yulduzini ijaraga oldi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2018
Vilyarreal va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Denis Cherishev faoliyatini Valensiyada davom ettiradi.

27 yoshli futbolchi ko'rshapalaklar safida bir mavsum ijarada o'ynaydi.

Denis 2015/16 yilgi mavsumda ham Valensiyada ijarada o'ynagandi. Biroq jarohatlar tufayli atiga 7ta o'yinda 3ta gol urgandi.

Vilyarreal safida o'tgan mavsum 24ta o'yinda 2ta gol urdi, JCH-2018da Cherishev 5ta uchrashuvda 4ta gol urdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: valenciacf.com