Valentin Kovalenko Fors Ko'rfazi Kubogi bahslarini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2014
FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi shu kunlarda Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan Fors Ko'rfazi Kubogi bahslariga taklif etildilar.
Valentin Kovalneko boshchiligidagi brigada Fors Ko'rfazi Kubogi bahslarini boshqarish uchun 19 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahriga uchib ketdi. Taklifga ko'ra, Kovalenko brigadasi 26 noyabr kuniga qadar Saudiya Arabistonida bo'ladi va ushbu musobaqa o'yinlarini boshqarishadi.

Ma'lumot o'rnida, Ushbu musobaqada Kovalenkoga qanotlarda o'zbekistonlik FIFA laynsmenlari Mamur Saidqosimov va Alisher Usmonovlar yordam berishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com