Valverde: "Barselona"da dunyoning eng yaxshi futbolchisi o'ynaydi"

Aziz Tukhtamuradov
29 okt 2017
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletik"ka qarshi o'yindan so'ng Messi haqida gapirib o'tdi.

"Agar ustun halal bermaganda Messi gol kiritgan bo'lardi. Lekin, shunda ham u aqlbovar qilmas darajada harakat qildi. Lionel istalgan vaqtda o'yin taqdirini hal qilib yubora oladigan futbolchi. U samarali gol kiritdi. 

Bizda dunyoning eng yaxshi futbolchisi o'ynaydi. Biz omadlimiz!

"Atletik" bizga yaxshigina muammolar tug'dirdi. Bunday qiyin o'yinlarni g'alaba bilan yakunlash doimo muhim", - deydi murabbiy.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal