Van Gal MYU mashg'ulot bazasi sun'iy maydon bilan qoplanishini so'radi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2014
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Lui van Gal mashg'ulot bazasidagi ikki tabiiy maydonni sun'iy chimga aylantirishni so'radi.
Murabbiy “Old Trafford”dagi chim gibrid bo'lgani uchun bu qarorga keldi.

Gollandiyalik mutaxassisning fikricha, chim o'zgarsa, futbolchilar o'z maydonidagi qoplamaga tezroq o'rganishadi. Shu bilan birga van Gal mashg'ulot maydonini kuchli shamoldan asrashi uchun Karringtondagi bazaga ko'proq daraxt ekishlarini so'radi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com