Van Persi MYUga kim bilan shartnoma imzolash kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
24 fev 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Robin van Persi "qizil iblislar" yozda kim bilan shartnoma imzolashi kerakligini aytdi.

"MYU yozda kim bilan shartnoma imzolashi kerak? Kavani! U bilan shartnoma imzolash taklifi qo'yilsa, o'ylab ham o'tirmasdim. U ajoyib holatda, "Napoli", PSJ va Urugvay termalarida qanday saviyada ekanligini ko'rsata oldi. Agarda u jamoamizga kelsa, mavsumda 25 gol ura oladi. Uning o'yinlarini ko'rib turganim uchun bu fikrlarni ayta olmayapman. Edinson gollar bilan yashaydi", - dedi van Persi.

Kavani ushbu mavsumda 19 o'yinda 7 gol va 2 assistentlik qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal