Venger: "Parij tragediyasi Koselniga qattiq ta’sir qildi"

Aslanov Jasurbek
20 noya 2015
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger himoyachi Loran Koselni Parijda sodir bo'lgan teraktdan juda qattiq ta’sirlanganini aytdi.

"U Germaniyaga qarshi bahsda juda yaxshi harakat qildi. Seshanba kuni u o'ziga o'xshamadi. Tragediya unga qattiq ta’sir qildi. Loran bilan suhbatlashaman. U voqealarni unutishi va keyingi o'yinlarga tayyor bo'lishi kerak.

Bunday paytlarda futbolchiga ishonish lozim. Bunday tuyg'ulardan tezda qutulib bo'lmaydi. Avvaliga o'zingizni himoyalashga urinasiz, keyin esa shok sodir bo'ladi" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportsmole