Verratti "Real" - PSJ o'yinidagi imkoniyatlar haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018
PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattining fikricha, Parij jamoasi "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuviga tayyor.

"Biz "Real"ga tayyormiz. Bu mavsumning eng muhim o'yinlaridan biri. Bu futbolchi va muxlislar uchun muhim to'qnashuv. Biz ajoyib stadionda buyuk jamoaga qarshi o'ynaymiz.

Imkoniyatlar teng deb o'ylayman. "Real"da ajoyib futbolchilar yig'ilgan. Ammo bizning tarkibimiz Kilian Mbappe va Neymar kabi mohir futbolchilar bilan kuchaygan" - deydi Verratti.

"Real" hamda PSJ o'rtasidagi ilk o'yin 14 fevral kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal