Vesko Steshevich: "Eng qiyin o'yin bo'ldi. O'yin bosimi katta edi"

I.J.I
13 aug 2023
Coca Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Eng qiyin o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham ligada jon saqlab qolish uchun o'ynamoqda. Bosim katta bo'lgan o'yin. G'alaba qozondik, uch ochko oldik. Ortdagi jamoalar bilan biroz farq hosil qila oldik. G'alabadan xursandmiz.

- Zabihillo O'rinboev bugun qaysi poziciyada o'ynadi?

- U hujumda o'ynadi. O'rinboev har doim bugungi poziciyasida o'ynaydi. O'yinlarimizni ko'rib borsangiz, u har doim shu poziciyada o'ynashini bilasiz. To'g'ri, bazan u orqaroqda, bazan esa oldinroqda harakat qiladi. U jamoamizning asosiy o'yinchilaridan biri. Bugun ham O'rinboev yaxshi harakat qildi. 

- Eronlik legionerlarni kim tanlagan? Sizmi yoki selekciya ishlariga masullarmi?

- Biz bir jamoamiz. Bir oilamiz. Bu ishni birgalikda qilganmiz. Ular jamoaga foyda kelitirishadi deb o'ylayman.

- Abdumannonov yarim yillik tanaffusdan keyin gol kiritdi. Uning o'yinini qanday baholaysiz?

- Men uning gol urganidan juda baxtliman. U yana gol uradi deb o'ylayman. Yosh futbolchi katta qiyinchiliklarni boshdan o'tkazdi. Ishonamizki, u bularni engib o'tib, jamoaga foyda keltiradi.

- Maydon chimining holati sizni qoniqtirdimi?

- Men maydonda o'ynamadim. Ha, maydonning holati yaxshiroq bo'lishi mumkin edi.



I.J.IMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

MVsaid
13 aug 2023
Ишига чин дилдан йондошмоқда, камчиликлар бордир лекин борини беряпти, шу мураббий жамоасига, молодец