Vesko Steshevich: "Gol, albatta, bir tomonning mahorati va ikkinchi tomonning xatosi evaziga yuzaga keladi"

Оқил Абдубарноев
7 may 2024
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (4:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta, bugungi uchrashuv qiziqarli va tomoshabop o'tdi. Umuman, "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarimiz doim bugungi kabi emociyalarga boy o'tgan. Yo'qotishlarimiz yo'q emas, bor, jarohatlar sabab bazi futbolchilar bizga yordam bera olishmayapti.

O'z darvozamizdan 4 ta to'p o'tkazib yubordik. Gol albatta bir tomonning mahorati va ikkinchi tomonning xatosi evaziga yuzaga keladi. O'tkazib yuborilgan 4 ta golda xatolarimiz bor. Mezbonlarning gollariga 3 ta to'p bilan javob qaytardik, biroq bu hech bo'lmaganda 1 ochko olish uchun ham etarli bo'lmadi", - dedi "Metallurg" ustozi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Мирхан
7 may 2024
МУХЛИСЛАРНИ УСТИДАН КУЛИШ БУ МАСХАРА КИЛИШ. ОЧИКЧАСИГА КЕЛИШИБ УЙНАБ ЙОТИПТИ. УЙАТ КОЛМАГАН. КЕЙИН МУХЛИСЛАР НЕГА КЕЛМАЙДИ СТАДИОНГА ДЕЙИШАДИ.
Jurabek Mustafoyev
7 may 2024
Bir gap aytay chi asa 9 tur yakunlandi turner jadvali qani naxuy kerak edi kecha odingi uyinlarda yakuniyni chiqar
ZOKIRJON MAXMUDOV
8 may 2024
Неччи йиллардан бери бир томон хато қилиб, иккинчи томон маҳорат кўрсатиб ютиб келаверадими, шунча йиллик ўзаро ўйинларда хеч йўқ Бекободлик (мен Бекободлик эмасман) мухлислар хурмати ғалаба учун ўйнаб хеч йўқ дуранг хам қилиб бермайсизларми, бошқа жамоага қарши бўлса жон чиқарга ташлайсизлар.
bekaka
7 may 2024
Статистикани хам янгилаш ккда хеч булмаса дурранг уйнашга
Imdorama
7 may 2024
Qiziqarli spektakl buldi