Vesko Steshevich: "Menimcha, "Navbahor" gol urgan vaziyatda o'yin qoidasi buzilgandi"

I.J.I
24 may 2024
Superliga 9-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Navbahor" (1:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- So'zimni o'yinchilarimizni maqtash bilan boshlamoqchiman. Ular bugun jang qilishdi va Superliganing eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi durang qayd etishdi. O'yinni yomon boshlamagandik. Darvozamizga gol urilganda "Navbahor" hujumchisi klass ko'rsatdi, ammo u erda menimcha qo'pollik bor edi. Bu vaziyat o'yinimizga tasir o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda biz hisobni tenglashtirish uchun bosim qildik va o'z niyatimizga etdik. 

- "Navbahor"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rganingiz sezildi. Durangdan qoniqdingizmi?

- "Navbahor" va bizning jadvaldagi joylashuvimizdan kelib chiqsak, albatta qoniqtirdi. Yana qaytaraman, "Navbahor"ning birinchi goli inobatga olinmaganda, balki hisob boshqacha ko'rinish olardi. O'yin boshida o'sha gol o'yinimizga tasir o'tkazdi. "Navbahor" juda kuchli jamoa va ularga omad tilayman. Biroq, bizning o'yinchilar erkakchasiga o'yin ko'rsatishdi. G'alaba qozona olmagan bo'lsakda, ular maqtovga loyiqlar.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Gol_Plus
24 may 2024
Бу тренер емас екан метталург енг охирги уринда кетмокда лекн хеч канака истефо хакида гапиршмаяпти бу кал тренер еса факат судялардан айб кидир отирибди
Jamshid Abdusamadov
24 may 2024
Тренерни духи йук замена килишга куркади. Бир хил уйинчилар билан уйниди. Духи булганда чарчаганни олиб бошкасини куяди.
barselona7
24 may 2024
Ўйинни зўри Эрон чемпионатида бўляпти. Персеполис-Эстеглаль Хузестан.
PFCNasaf (O‘zbekiston)
24 may 2024
Бугун Металлург хар тамонлама Навбахордан яхшироқ ўйнабди.
Кодиржон Жалилов
24 may 2024
2-3 тур олдин езгандим хозирам шу фикрдаман бу товук каллаги тезда хайдаш керак любой бир бекободлик футбол ишкибозини урнига куйсаям бундан яхши ишлайди жалка бунга пул тулаш ауууут калбош