"Vest Xem" "Arsenal" va "Liverpul"dan 85 mln funt talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
15 noya 2024
"Liverpul" va "Arsenal"ning Muhammad Kudusga bo'lgan qiziqishlari yo'qolmagan.

Xavbekning "Vest Xem" bilan shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi. Shuni hisobga olgan holda London klubi futbolchisini shartnomada ko'rsatilgan tovon puli - 85 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas, deb yozadi "Daily Mail" nashri.

"Arsenal" va "Liverpul" ayni damda 24 yoshli futbolchiga taklif bilan chiqayotgan klublardan. Kudusning o'zi "Vest Xem"da baxtli ekanligini aytgan bo'lsa-da, YCHLda qatnashayotgan klublardan biriga o'tishga qarshi emas.

Kudus ushbu mavsumda APLning 8 o'yinida qatnashib, 2 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail