"Vest Xem" Zazani ijaraga oldi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2016
"Vest Xem" "Yuventus" hujumchisi Simone Zazani o'z safiga qo'shib oldi.

Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti e'lon qildi. Londonliklar Zazani 5 mln. evro evaziga ijaraga oldi va agar Simone ular safida ma'lum bir miqdordagi uchrashuvlarda maydonga tushsa, "Vest Xem" Zazani 20 mln. evroga xarid qilish huquqiga ega bo'ladi. Turinliklar yana 3 mln. evro bonusga ega bo'lishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia