PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum "Liverpul"ni tark etish haqida fikr bildirdi.
"Shunday vaqtlar bo'ldiki, o'z o'yinimni ko'ngildagidek his qilolmadim. Kyetishimni sheriklarim yoki muxlislar emas, rahbariyat hal qildi. Men klubda qolishni istagandim, ammo barchasi boshqacha tus oldi", - deydi niderlandiyalik futbolchi.