Vinisius bolalikdagi orzulari ro'yxatini ko'rsatdi – 22 yoshida ularning deyarli barchasiga erishdi

Sherzod Nurmatov
8 dec 2022
Braziliyalik vinger orzulari ro'yxati yozilgan suratni Instagram'ga joyladi.

Ro'yxat quyidagicha ko'rinish olgan: 

- Yoqtirgan klubimda harakat qilish;

- Jahon chempionatida g'olib chiqish;

- Dunyoning eng yirik jamoasida o'ynash; 

- Braziliya termasi sharafini himoya qilish;

- Bolalarni ilhomlantirish;

- Klasikoda gol urish;

- Chempionlar Ligasini yutish;

- Barcha braziliyaliklarni menga muxlislik qilishga majbur qilish.



Braziliyalik o'z maktubini "Har doim esda tuting: qo'rquv – bu shunchaki illyuziya" degan so'zlar bilan yakunladi.

Tasirlisi shundaki, Vinisius 22 yoshida o'sha 8 orzuning deyarli hammasiga erishdi.

Agar shu oy oxirida Braziliya Jahon chempionatida g'olib chiqsa, ro'yxat to'liq ijobat bo'ladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Футбол ичидаги юрист
8 dec 2022
Mana xaqiqiy futbol mentaliteti ro‘yxatda ko‘p pul topish xaqida umuman gap yo‘q faqat futbol va mexnat
M-citi✓As Milan
8 dec 2022
Ohirgisi neymar buskets suares pepe kabi simulyant muttaxamlikni qoshishni unutibsan
Real__Buxoro
8 dec 2022
Yaqin bir ikki yilda brazilyanixam realnixam yetakchisi bo‘ladi bu bola
///////
8 dec 2022
Ўзимизнинг ўйинчиларини болаликдаги орзуси 1. Тезроқ катта футболга ўтиш 2. Катта миқдорда маош олиш 3. Охирги моделдаги автомобил миниш 4. Футбол орқали осиёни кезиш 5. Уй-жой ва участка сотиб олиш 6. Ресторан ва чойхоналарда кўпроқ вақт ўтказиш. Бунга ўхшаш орзуларни кўплаб давом эттириш мумкин.