Vinisius – ECHLda hafta futbolchisi. "Real" vingeri Rafinya, Minamino va Reyndersni ortda qoldirdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 oct 2024
Vinisius Junior Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Real" vingeri Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi – madridliklar birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda qolayotganiga qaramay, g'alaba (5:2) qozonishdi.

Guruh bosqichi 3-turning "Eng yaxshi futbolchisi" nomiga "Barselona" vingeri Rafinya Dias ("Bavariya" bilan xet-trik), "Monako" yarim himoyachisi Takumi Minamino ("Crvena Zvezda" bilan dubl+assist) va "Milan" xavbeki Teyani Reynders ("Bryugge" bilan dubl) davogar edi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: uefa.com

Izohlar

Rasul Matkarimov
24 oct 2024
Dostonbek Anvarovvvvvvv qani saaaaaannn)))) Orqani achigiga chidolmay yotibsanmi
Фахриддин Акилов
24 oct 2024
Менимча Холис булиб айтса, ракиб сифати ила караса, Рафиния хакли эди
Dilmurod Umarov
24 oct 2024
Kombekni yuki og'irroq deb aytgandim avvalgi kommentimda,darhaqiqat,Vinisius Junior haqliroq edi
Designer
24 oct 2024
Futbol darajasidan qaraganda oxirgi finalchilar qarama qarshiligi edi + kambek +oltin toʻpga asosiy nomzod barchasi Vini foydasiga
Salom_Madrid
24 oct 2024
Bu yerda asosiy masala come back hisoblanadi va albatta mehnat qadrlanishi kerak. Qolaversa Borussiya amaldagi vitsa chempion sifatida Bavariyadan kuchliroq Vini esa kuchlisiga xetrik qildi.