Vinisius Junior: "Real"da bir umr o'ynashni istayman"

Mirjalol Normatov
8 okt 2023
"Real" futbolchisi Vinisius Junior "qirollik klubi" tarkibida faoliyatini to'liqligicha o'tkazishga qarshi emas.

"Real" tarkibida o'ynash men uchun katta sharaf. Men muxlislarga, ular menga bog'lanib qoldik.

Bu yerda o'ynashdan xursandman. Faoliyatimni to'liqligicha shu yerda o'tkazishni va katta tarixni yaratishni istayman", - dedi braziliyalik futbolchi.

Vini ushbu mavsum LaLigada 6 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca