Virtc APLning barcha futbolchilaridan eng yaxshi natija qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
24 okt 2025
Florian Virtc APLning istalgan futbolchisidan ko'ra ko'proq vaziyat yaratmoqda.

Kecha "Liverpul" futbolchisi YCHL umumiy guruh bosqichining 3-turida ikkita golli pas amalga oshirdi. Shuningdek, Angliya Superkubogida ham u bir marta shunday natija qayd etgandi. O'rtadagi 10 o'yinda unda sermahsullik kuzatilmadi.

Natijalarga ko'ra, futbolchi barcha turnirlarda 29ta xavfli vaziyat yaratgan va bu APLning istalgan futbolchisidan ko'ra yaxshiroq hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/michael_reid11