Virtual fanatlar va intershum. Kecha La Liga o'yini Bundesligadan ko'ra ancha jonliroq ko'rindi

Alisher
12 jun 2020
La Liga Bundesligadan deyarli bir oy keyin boshlandi, ammo ancha jozibaliroq.

Ispaniyada cheklovlar paytidagi ikkita katta savolga javob topildi: translyaciya bo'm-bo'sh emas va jimjitlik emas.

Tribunadagi shovqinlar EA Sports'dan olingan. O'yin ishlab chiqaruvchisi ushbu yozuvlarni stadiondagi muxlislarning ovozidan yozib olgan (o'yinda ishlatish uchun) va qizig'i, bu umuman teskari yo'nalishda ishladi: simulyator haqiqiy efirga bu ovozlari bilan yordam bermoqda.

Ammo, suniy shovqin Bundesligada ham bor (bu "Match TV"da mavjud esa va Germaniyada ikkita audio trekdan birini tanlash mumkin). Ispaniyada o'yinlarni translyaciya qiluvchilar esa katta inqilobga qo'l urishdi. Bu effektlar bo'm-bo'sh tribunalarni bildirmaslikka harakat qiladi. La Liga translyaciyalarida kompyuter grafiklari to'g'ridan-to'g'ri stadiondan bog'landi. Bunda Vizrt kompaniyasining xizmatlari katta.

Vizrt - Norvegiyada boshlanib, dunyoda 30ta ofisiga ega bo'lgan televizion dizayn sohasidagi mutaxassislardir.

La Liga bo'sh tribunalarni "to'ldirish" uchun ko'pgina takliflarni oldi. Audiovizual bo'yicha direktor Melsor Soler hatto Gollivuddan ham taklif kelib tushganini aytdi, ammo Soler takliflarning ko'pi real bo'lmagan yoki La Liganing asosiy maqsadiga mos kelmaydi deb baholadi. U shovqin va virtual fanatlarni pandemiyaga qadar bo'lganday qilishni xohladi.

Bu texnologiya avtomatik ravishda ishlaydi va VizEngine va VizArena texnologiyalari to'p, darvoza va boshqa elementlarni aniqlaydi va maydon chegarasini tushunadi.

Tepada turgan "We Are Sevilla" stendi ham o'yinning boshida halaqit berdi va u 7-daqiqadayoq o'chirib tashlandi. Bu texnologiya futbolni pandemiya davridan oldingidek o'tishiga imkon berdi va Ispaniyada ilk bor sinov muvaffaqiyatli o'tdi.

La Liga qaytdi! Ilk o'yinda "Betis" "Sevilya" qarshisida ojiz qoldi

Xullas, kecha biz tomosha qilgan qiziqarli "El Gran Derbi" nafaqat o'yin bo'yicha ham ajoyib o'tdi, balki u muxlislarning stadionda yo'qliklarini ham deyarli bildirmadi.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: sports.ru

Izohlar

Murodov M_13
12 jun 2020
Odamlarga tobora soxtakorsoxtakorlik yoqib borayabdi
mia san mia bavariya
12 jun 2020
бундеслигадан яхшироқ кўринганига сабаб бундеслига биринчи бошлади шунда уларнинг камчилигини испания кўриб тўлдириб олган лекин техника технология борасида германия испаниядан олдинда хар қандай сохада хам немислар кучли
Xorazm topchi
12 jun 2020
Енг асосийси ла лига бошланди буёгига енди хар кун Футбол корамис худо хохласа
Baggi
12 jun 2020
Joze Mourinyo – bu deyarli hech kimni o‘z shaxsiga befarq qoldirmaydigan futbol murabbiyi. Zlatan Ibragimovich kabi kibrli futbolchi Joze uchun o‘lishga ham tayyorman desa, yana qaysidir futbolchilarning uni ko‘rishga ko‘zi yo‘q. Va buning asosli sabablari bor... Quyida “futboldagi eng katta yaramas” nomini olgan Joze Mourinyo bilan murosa qila olmagan futbolchilar haqida so‘z yuritiladi. Eden Azar Aslini olganda, Joze Mourinyo belgiyalik futbolchiga o‘zini namoyish etishi va hozirgi darajasiga yetishishiga yaxshigina yordam bergandi. Portugaliyalik mutaxassis “Chelsi” murabbiyligiga qaytgach, Eden ancha samarali va jamoaning muhim o‘yinchisiga aylangandi. Ammo 2014/15-yilgi chempionlik mavsumidan keyin Mourinyo va Azar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Bularning barchasiga sabab, Azarning jarohat olishi va murabbiyning istagiga qarshi maydonni tark etishi bo‘lgandi. 2015-yilning dekabr oyida Mourinyo vazifasidan ozod etiladi va uzun quloq gaplarga ko‘ra, bu qarorda “Chelsi”ning ikki futbolchisi Sesk Fabregas va Eden Azarning ta’siri kuchli bo‘lgan. To‘g‘ri, keyinroq Azar Mourinyoning taktikasini tushunganini va uni yaxshi murabbiy deb hisoblashini aytgandi, ammo vaqtni ortga qaytarib bo‘lmas ekan, buning nima foydasi bor? Vilyam Gallas Fransiyalik himoyachisi Mourinyoga “Chelsi” tarkibida ikki marta Angliya chempionatida g‘olib bo‘lishga yordam bergan, ammo keyinroq ularning munosabatlari keskinlashib ketadi. Joze Vilyamni chap qanot himoyasida o‘ynatadi, Vilyam esa o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan himoya markazida to‘p surishni xohlardi. Natijada, Gallas mavsumoldi yig‘inlarida sabotaj qilish orqali o‘zini boshqa klubga sotib yuborishlarini so‘raydi. Hatto, Gallas Mourinyoga agar qo‘yib yubormasa, o‘z darvozasiga to‘p kiritishini aytgan ekan. Natijada Joze orqaga chekinadi, futbolchi esa “Arsenal”ga yo‘l oladi. Keyinchalik, Vilyam Jozeni o‘zi bilan birga ishlagan eng yaxshi murabbiy degandi. Ammo bu uning faoliyatini tugaganidan keyin edi. Kim bilsin, ehtimol, u bu so‘zlarni ko‘z ko‘zga tushganida noqulay ahvolga tushib qolmaslik uchun aytgandir. Rikardo Kuarejma 2008-yilning yozida Kuarejma “Barselona”dan “Inter”ga ko‘chib o‘tadi, u yerda uni hamyurti Joze Mourinyoning shaxsan o‘zi ko‘rishni xohlagandi. Ammo futbolchi Italiyada muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsata olmaydi. Hatto, mavsum yakunida Kuarejmaning transferi eng katta xato bo‘lgani ta’kidlanadi. Kuarejma faoliyatidagi ushbu bosqichni yodga olishni xohlamasligini va “Inter”ga o‘tish hayotidagi eng yomon qaror bo‘lganini ta’kidlaydi. O‘z navbatida, Kuarejma Mourinyoni ham unutmadi va nima sababdan asosiy tarkibda unga ishonch bildirmaganini tushunib yeta olmaganini aytgan. Chunki Jozening o‘zi Kuarejmani qo‘yarda-qo‘ymay Milanga taklif etgandi. Lyuk Shou Iqtidorli, ammo jarohatlarga moyil bo‘lgan Lyuk Shou Mourinyodan ancha oldin “Manchester Yunayted”ga kelgandi, ammo portugaliyalik mutaxassis kelishi bilan uning “qizil iblislar” safidagi kelajagi shubha ostida qoldi. Joze Shouni tanqid qilishdan charchamasdi va buni ochiqchasiga qilardi. Matbuotda Shouning qobiliyati “Manchester Yunaytded” darajasiga mos emasligi haqida Jozening sharhlari muntazam paydo bo‘la boshladi. Keyinroq esa Shouning “Old Trafford”ni yaqin orada tark etishi to‘g‘risida juda ko‘p gapirildi, ammo oxir-oqibat “Manchester Yunayted” Mourinyoning o‘ziga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Lyuk Shou esa hamon klubda va asosiy tarkibga kirishga ham muvaffaq bo‘lgan. Kevin de Bryuyne 2013-yilning yozida Kevin de Bryuyne “Verder”da ijarada o‘tkazgan ajoyib mavsumidan keyin “Chelsi”ga qaytdi. Xuddi shu vaqtda Mourinyo ham Londonga qaytgandi. U Kevinga asosiy tarkibdan joy va’da qilib, uni jamoada olib qoladi. De Bryuyne ishondi va qolishga qaror qildi, ammo qaysidir ma’noda aldangandi. Olti oy davomida u Premyer Ligada atigi uchta o‘yinda maydonga tushadi. Mourinyo asosan boshqa ijrochilarga imkon berardi. Vaqt o‘tishi bilan Mour nima sababdan de Bryuyne o‘ynamayapti, degan savol bilan ko‘mib tashlandi, Joze esa bunga javoban belgiyalikning o‘yinlarga tayyor emasligini aytgandi. De Bryuyne esa bunga toqat qila olmadi va o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘radi. “Chelsi” muxlislari yarasini yangilamaslik uchun voqealarning keyingi rivoji, Kevinning “Volfsburg”dagi ajoyib faoliyati va uning “Manchester Siti” yetakchilaridan biri aylangani haqida yaxshisi gapirmagan ma’qul. David Luis Braziliyalik markaziy himoyachi Joze Mourinyo kelguniga qadar “Chelsi”ning asosiy o‘yinchilaridan biri edi. Joze esa Luisni o‘z pozitsiyasiga nisbatan haddan ziyod hujumkor futbolchi deb topdi. Mourinyoga ko‘proq intizomli va hatto ma’lum darajada faqat himoya bilan cheklanadigan himoyachilar kerak edi, shuning uchun David Luis asosiy o‘yinchi rolini yo‘qotdi va keyinchalik PSJga sotib yuborildi. U Mourinyo ketgach, yana Londonga qaytgandi. Iker Kasilyas “Real” akademiyasining tarbiyalanuvchisi Iker Kasilyas Madridlik muxlislar uchun tom ma’noda but edi, ammo u va Joze o‘rtasidan“qora mushuk o‘tadi”. Dastlab Kasilyasga Mourinyoning “Real” va ”Barselona“ qarama-qarshiligida Madrid klubining raqobatbardosh emasligi haqida gapirgani yoqmagan bo‘lsa, navbatdagi “El-Klasiko” oldidan matbuotda “Real” tarkibi tarqalib ketadi. Mour esa bunda televideniyeda ishlaydigan Ikerning qaylig‘i Sara Karbonerodan shubhalanadi. Bundan tashqari, darvozabon kataloniyaliklarning ba’zi futbolchilari xususan, Xavi va Puyol bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan. Ular o‘zaro suhbatlashardi, Mourinyo esa maydonda Madrid va Barselona o‘rtasidagi haqiqiy jangni ko‘rishni xohlagan. Ikerning Xavi va Puyol bilan iliq munosabatlari Joze tomonidan xiyonat deb baholandi. Kasilyas zaxira darvozaboni bo‘lishdan charchadi va ma’lum vaqtdan so‘ng yana futbol quvonchini his etish uchun “Portu”ga ketishga majbur bo‘ldi. Pepe Avvaliga Mourinyo Pepega bo‘lgan ishonchi yuqori edi va uning o‘yin uslubidan judayam mamnun edi. Ammo Joze va Iker Kasilyas o‘rtasida mojarodan keyin himoyachi kutilmaganda Ikerni qo‘llab-quvvatladi hamda matbuotda Mourinyoni ochiqchasiga tanqid qilib, uning darvozabonga nisbatan xatti-harakatlarini adolatsiz deya ta’rifladi. Joze esa bu so‘zlarni dushmanlik sifatida qabul qildi va yosh Rafael Varanga ko‘proq ishonch bildira boshladi. Faqatgina Joze “Chelsi”ga ketganidan so‘ng Pepe o‘z o‘rniga qaytadi. Serxio Ramos Va, albatta, Serxio Ramos... 2013-yildagi Joze Mourinyo va Serxio Ramos o‘rtasidagi kelishmovchilikni yodga olmaslik mushkul. O‘shanda “qirollik klubi” sardori klub prezidenti Florentino Peresga shart qo‘ygandi. Tanla! – u yoki men. Shu bilan birga, Serxio unga “Real”ning bir qator asosiy o‘yinchilarining ham tark etishi mumkinligini aytgan. Shu bois Jozeda o‘z lavozimini saqlab qolish imkoniyati juda past edi. O‘shandan beri Ramos Mourinyoni eslamaslikni afzal ko‘radi. 2019-yilning kuzida Zidanning iste’fosi va Jozening qaytishi haqidagi mish-mishlar matbuotda paydo bo‘lganida, Ramos birinchilardan bo‘lib Zidannni qo‘llab-quvvatlagandi. Shubhasiz, Ramosda yana Joze bilan birga ishlash rejasi bo‘lmasa kerak. Pedro Leon O‘n yil avval Pedro Leon ismli umidli vinger bo‘lgan. “Real” uni “Xetafe”dan 10 million yevroga xarid qilgandi. Mourinyo esa o‘shanda endigina Madrid klubiga kelgandi. Afsuski, Mour yosh yigitchaga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini bermadi. Joze hatto, uni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatgani va bu bilan uning birinchi jamoa bilan ishlashga tayyor emasligini aytgani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Pedro Ispaniya radiolaridan biriga bergan intervyusida Mourinyo bir vaqtlar uni umuman maydonga tushirmasligini va hattoki, jamoa samolyoti qulasa-yu va faqatgina Leon tirik qolgan taqdirda ham uni o‘ynatmasligini aytgan ekan. Joze garchi o‘zi haqidagi salbiy fikrlarga o‘rganib qolgan bo‘lsa ham, bu gaplaridan so​‘​ng futbolchi bilan keyingi munosabatlari haqida o‘ylaganmikan? Bilol Erkin tarjimasi. P.S. Daryo.uz saytidan olindi
Макс
12 jun 2020
Бизни супперлигамизгаям куллаш керак