Vitaliy Levchenko: "Superligada o'tkinchi o'yinlar yo'q. Favoritlar o'z o'rnida emas, hech kim kutmagan jamoalar esa yuqorida"

Iskandarov Abdulaziz
5 apr 2025
Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Vitaliy Levchenko fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Derbi og'ir o'tishini oldindan kutgan edik. Amalda ham shunday bo'ldi. "Navbahor" yaxshi jamoa va bugun shunga yarasha munosib o'yin ko'rsata oldi. Hisobda ikki bor oldinga chiqib oldi. Lekin bizning yigitlar iroda ko'rsatdi va 12-futbolchimiz muxlislarga g'alaba tortiq qilishdi. Muxlislar xursand bo'lishdi deb o'ylayman",- deydi Vitaliy Levchenko.

- Toma Tabatadze nima uchun qaydnomaga kiritilmayaptimi? 

- Tabatadze son qismini shikastlab olgan. Ayni paytda u davolanish jarayonini o'tkazmoqda. Taxminan 7-10 kunlarda u safimizga qaytadi va yordam beradi. 

- Bugungi o'yinda zaxira almashtirishlar o'zini oqladi degan fikr to'g'rimi?

- Biz aynan kerakli poziciyalarda almashtirishlarni amalga oshirdik. O'yinni kuchaytirish, oldingi chiziqda bosimni oshirish kerakligini tushunib turgandik, chunki ikki bor hisobda orqada qoldik. Biz uyda o'ynadik va faqat g'alabani o'yladik. Maydonga tushgan barcha futbolchilar borlarini berishdi. 

- Jamoa o'yinga boshqacha taktikada tayyorgarlik ko'rmoqda, maydonga esa boshqa taktikada tushyapti. Bu raqiblarga sovg'ami?

- Yo'q, sovg'a emas. Raqib bizni, biz ularni tahlil qilamiz. Hujumda ko'proq futbolchilarimiz o'ynamoqda, lekin himoyani ham unutmaslik kerak. Bugun 2 ta gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi gol xatomizdan so'ng urildi. Uzun pasdan so'ng bu yuzaga keldi. Biz har bir o'yinda yaxshiroq va natija uchun to'p tepamiz. 

- Kubok va chempionat bahslarida oldingizga qanday maqsad qo'yilgan?

- Chempionat yoki kubok deb ajratmaymiz. Har bir jamoa uchun muhim musobaqa. Hozirda futbolchilardan kim kuchli bo'lsa o'sha maydonga tushadi, biz vaziyatdan kelib chiqib rotaciya qilamiz. Biz ikkita turnirda o'ynaymiz.

- Namanganda kechadigan kubok uchrashuvida ham shu tarkibdan foydalanasizmi?

- U o'yingacha hali vaqt bor. Orada "Mashal" bilan o'ynaymiz. Hozirda tiklanishimiz muhim, chunki futbolchilar bugun ko'p kuch sarfladi. O'shanda futbolchilarning holatiga qaraymiz. 

Hamma jamoalar tarkibga mahoratli futbolchilarni qo'shib olyapti. O'tkinchi o'yinlar yo'q. Har bir jamoa ochko olishga astoydil harakat qilmoqda. 

- Sizningcha chempionlik uchun qaysi jamoada imkoniyat yuqori?

- Hozirda chempionat boshlanishida bu haqida gapirish qiyin. Hech kim kutmagan jamoalar yuqorida, favoritlar o'zining o'rnida emas. 6-7 turdan so'ng jamoalarning holatiga qarab xulosa qilish mumkin.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

=JAGUAR=
5 apr
Бунёдкорни тириклайин кўмиб қўйибсизлар-ку а?
Cr7_
5 apr
Shunde uzi korinme qolgandida mana sekn sekn tirilyapti Bunyodkor ham
Хигматуло Ниматилоев
6 apr
2-булимида Нефтчи футболчилари футбол уйнашди. Бу уйин хам узларини номлари ва махоратларига мост уйин эмас. Келажакдаги уйинлари янада уйинларини такомалабтириб боришади деб умид киламтз.
Мирзаев Б
6 apr
Левченкодан нефтчини еш ,умидли уйинчилари м. Гиесов билан иброхимхалилни купрок майдонга туширишини сураб колардик
Google User
6 apr
Биринчм таймда Марушични бошига тегиб рикошет бу́либ гол бу́лган экан, Нефтчи дарвозабони Элдорбек Суюнувни мухлислар бекор су́киб юришибди. (Яхёху́жа Конкрет телеграмида голни куришингиз мумкин) Марушич иккинчи таймда айбини ювиш учун хам яхши у́йнаб иккита жавоб ту́пини киритган экан