Viynaldum: "Katta gapirish kerak emas, "Liverpul"ni yutish lozim"

Mirjalol Normatov
16 sen 2018
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Viynaldum "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yindan oldin hech nima demadim. "Tottenxem"ni mag'lub etdik, endi bizni boshqa jamoalar kutmoqda. Bugun yutishimiz ham, ertaga mag'lub bo'lishimiz ham mumkin. Biz o'yinimizni yaxshilash va kuchaytirish yo'llarini izlaymiz. Katta gapirishni istamaymiz", - dedi gollandiyalik futbolchi.

"Liverpul" APLning ilk 5 turida 15 ochko jamg'ardi va turnir jadvalining 2-pog'onasini egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/lfc