Vladimir Bubanya: "Nasib bo'lsa, o'tish o'yinlarida ishtirok etmaymiz"

Administrator
31 okt 2025
Superliga 27-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan "Xorazm" yetakchisi Vladimir Bubanya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz futbol o'ynay oladigan jamoa ekanligimizni isbotlab kelmoqdamiz, lekin so'nggi o'yinlarda bir nima yetishmayapti. Aynan nima yetishmayotganini bilmayman, ochig'i. Ruhiy tomondan oqsayapmiz. Umid qilamanki, bu yil Superligada qolamiz va keyingi yilda ancha yaxshiroq natija qayd eta olamiz. So'nggi uchta o'yinda borimizni berib o'ynaymiz. Butun jamoa bilan faqatgina g'alaba uchun o'ynashga kelishib oldik. Nasib bo'lsa, o'tish o'yinlarida ishtirok etmaymiz", - dedi Vladimir Bubanya bahs yakunlangach.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia