

Bu haqida Farg'onaning "Neftchi" klubi o'zining telegramdagi rasmiy kanalida e'lon qildi.
"Chernogoriya milliy terma jamoasining a'zosi vaqtida Serbiya va Chexiya klublarida to'p tepgan. 2024 yilda esa o'z faoliyatini O'zbekistonda, Jizzaxning "So'g'diyona" klubida davom ettirib, to'purar sifatida nom qozondi.
Yangi mavsumda "Neftchi" tarkibida faoliyat yuritadigan chernogoriyalik Vladimir Yovovichga omad va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.




