Vlado Radmanovich: "Katanec bilan o'yin davomida doimiy aloqada bo'lamiz"

Narzulla Saydullayev
9 oct 2024
O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Vlado Radmanovich ishtirok etdi.


Jaloliddin Masharipov: "Eronning kuchsiz tomonlari haqida eronlik jurnalistlar oldida gapirishim to'g'ri emas"        


"Barchaga xayrli kun. Ertaga Jahon chempionati saralashi doirasida Eronga qarshi o'ynaymiz. Juda qiyin o'yin bo'ladi, sababi Eron kuchli terma jamoalardan biri. Bu jamoaga qarshi uch marta maydonga tushishga ulgurdik. Ikkala jamoa bir birini yaxshi biladi. Bo'lajak bahsda bosh murabbiy Srechko Katanec qatnasha olmaydi. Ammo biz yordamchilari uning yo'qligini bilintirmaslikka harakat qilamiz", - dedi Vlado Radmanovich.

- Ertaga o'z uyimizda o'ynaymiz, shunday ekan hujumkor o'ynaymizmi yoki ehtiyotkor harakat qilamizmi?
- Taktik tayyorgarligimiz haqida gapirsak bugun bo'ladigan so'nggi mashg'ulotdan keyin qaror qabul qilamiz. Futbolchilarning holatini ko'ramiz va hujumkor yoki himoyaviy o'ynaymizmi ko'ramiz. Balki ertaga biz 3 markaziy himoyachi bilan o'ynarmiz, balki 2 markaziy himoyachi bilan harakat qilarmiz. Balki 2 hujumchi bilan o'ynarmiz. 

- Oston O'runovning holati qanday? 

- Menimcha barchasi joyida, u o'yinga tayyor. 

- O'tgan oydagi Qirg'izistonga qarshi o'yindan keyin asosiy muammolardan biri sifatida etakchi futbolchilarning klublaridagi kam o'yin amaliyotga ega bo'lishganini aytgandi. Bu oy o'zgarish bo'ldimi?

- Albatta o'zgarishlar bo'ldi, Otabek Shukurov masalan yangi klubga o'tdi va ko'proq o'ynamoqda. Boshqalar ham shunday, umuman olganda tarkibdagi barcha yigitlar ertangi o'yinga to'liq tayyorlar.

- Bugungi kunga kelib terma jamoada har bir poziciyada raqobat kuchli, nima deb o'ylaysiz eng kuchli poziciyamiz qaysi? 

- Bizda har bir chiziqda kuchli futbolchilar yig'ilgan. Raqobat ham yaxshi darajada. Shu sababli biz futbolchilarimizga ishonamiz. 

- Srechko Katanecga sog'lik tilaymiz. Ertaga barchasini bosh murabbiy hal qiladimi yoki Sizlarmi? 

- Rahmat. Srechko Katanec bilan doimiy aloqadamiz, asosiy tarkib borasida va taktika borasida u bilan maslahatlashamiz albatta. U bilan videoaloqani ham amalga oshirdik, o'yin paytida ham 90 daqiqa davomida gaplashib turamiz. Agar nimadir yomon ketsa bosh murabbiy bilan darhol gaplashamiz.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

doctor.u
9 oct 2024
Эртага Андижон мухлислари каби қўллаб қувватлаб турилса,футболчилар борларини бериб ўйнашса, олдинга чиқиб кетиб мудофаа заифлашиб қолмаса, эхтиёткор ўйнашса иншааллох натижа бўлади.Эрон 2 чи таймда чарчаб қолади.Улар асосий кучни биринчи таймда ташлаб натижа қилиб уёғини химояда, қарши хужумни ўйлаб вақт ўтказишади.Бизни жамоа шунга хос тактика тайёрласа.Хар бир ўйинчисини индивидуал ушлаб олса яъни 2-3 та асосий бизга хавф соладиган ўйинчисини зарарсизлантирилса уларнинг ўйини чиқмайди.Бемалол бизникилар камида дуранг қила олади.Биз терма жамоамизга ишонамиз.Босимсиз эркин ўйнашса, рақибга қарши босим билан кериатив ўйнашса иншааллох биз кутган натижа бўлади.Терма жамоамизга омад !
Sanjik barsa
9 oct 2024
Катанец катайсия кигани кеганми Узбекистонга
Abdullo Rahimov
9 oct 2024
Katanes nima kasal hardoim sog'lig'i bn muammo bovuradi?
Dima
9 oct 2024
Nima qilishsa xam yutishsa boldi
Mavlon Raimov
9 oct 2024
Qonim qaynayapti. Katanesni ketkazib Kopadzeni qo‘ysin deyotganlar es hushi joyidamas. Bir ikkita jurnalistlar ham bor, bittasi anov dalbayob turkiyaparas Bobur Akmalov gandon(uzr boshqa gap topolmadim). Katanes o‘zbek jurnalistlarini o‘qimayman degandan keyin osilgani osilgan. Jurnalist emas bu bola, tahlil yo‘q, tanqidni to‘g‘ri qabul qilish yo‘q. Aslanov degan aqlliyam shunaqaroq. Butun o‘zbek xalqiga tupurib qo‘yibdi bu jurnalistlar. Birortasi hoy unaqa qimaylik degani yo‘q. Bitta Xayrulla Xamidov sal gapirganday bo‘luvdi radioda uniyam jamol bilan bobur talab tashlashdi. Sabab desang bir manili sabab keltirolmaydi. Kasalmish. 30 yildan beri kutaman har safar shu JCH yo‘llamasini. Birorta murabbiy goldan keyin bunaqa tez javob gol urolmagan. Hech qachon bunchalik xotirjam ko‘rmaganman. Kombek, kombek, kombek. Menga desa kasalxonadan turib boshqarsin. Menga desa umuman o‘zbek jurnalistlarini turqini ko‘rmasin. O‘zbekistonga kemay boshqarsin, ob chiqsin. Tinch qo‘yinglar shuni, shu siklni ohirigacha borsin. Hech bo‘masa 2,3 ta o‘yin berish kerak ku hali. Nimaga haydaymiz. Rezultatni ko‘ryapsilarmi lanati o‘zidan boshqani ko‘rmayotgan xudbin jurnalistlar. O‘sha tormoz Kopadzeniyam tiqishtirmay turinglar. Ungayam hali vaqti keladi bemalol Ertaga Eronga yutqizsak ham Katanesni plyus tomonlari ko‘p bo‘ladi. Bugun ham ertaga ham shunday bo‘ladi. Biz uchun Katanes haqiqat, qogani fantaziya, homhayol.