"Volfsburg" va "Yuventus" Zaza transferi borasida kelisha olishmayapti

Aslanov Jasurbek
17 avg 2016
"Yuventus" hujumchisi Simone Zazaning "Volfsburg"ga o'tishi bekor bo'lishi mumkin.

Ayni damda nemis klubi "Fiorentina" forvardi Mario Gomesni xarid qilish yo'llarini ko'rib chiqmoqda. "Volfsburg" bor e'tiborini Gomesga qaratgan, chunki turinliklar Zaza uchun katta pul so'rashyapti. "Bo'rilar" Simone uchun talab qilingan 25 mln. evroni to'lamoqchi emas, Marioning transfer narxi esa 7 mln. evroga baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com