Vuchinich yoshi tufayli “Inter”ga o'tmadi

“Inter” klubi xujayini Erik Toxir, “Yuventus” hujumchisi Mirko Vuchinichning yoshi katta bo'lgani sababli uni Freddi Guaringa almashmaganini ta'kidladi, deb xabar beradi Sport Mediaset.

Eslatib o'tamiz, klublar yanvar oyining o'rtalarida o'yinchilarini almashish bo'yicha deyarli kelishuvga erishib bo'lishgandi, lekin Toxir kutilmaganda muzokaralarni to'xtatgan. Ta'kidlab o'tamiz, shu yili Vuchinich 31 yoshga to'ladi.


Manba: football.kulichki.net