

"Bo'rilar" 18 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 40 million evro taklif qilishmoqda.
Badyashil "Monako" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan yildan buyon asosiy jamoada o'ynab kelmoqda.
Himoyachi Fransiyaning 18 hamda 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoalari a'zosi hisoblanadi.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnilarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.




