"Vulverxempton" "Portu" forvardini 40 million evroga sotib oldi. Bu klubning transfer rekordi!

Sherzod Nurmatov
5 sep 2020
"Portu" hujumchisi Fabiu Silva faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Vulverxempton" 18 yoshli futbolchining transferini elon qildi. Bitimning miqdoriga aniqlik kiritilamagan, ammo gap klub uchun rekord miqdordagi pul haqida ketmoqda.

"Vulverxempton" Silva uchun 40 million evro to'lagani ko'plab OAVlar tomonidan aytilmoqda.

"Vulverxempton"da bir qator portugaliyalik futbolchilar, shu jumladan, darvozabon Ruy Patrisiu, yarim himoyachilar Joau Moutinyu, Diogu Jota va boshqalar to'p tepishmoqda. Jamoa bosh murabbiyi ham portugualiyalik – Nunu Eshpiritu Santu.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: wolves.co.uk

Izohlar

Man_Utd Norin
6 sep 2020
APL ni boshqa klublari transferni yondirayotkan payt Wulver jim tursinmi