Xabi Alonconi "Real"da nimalar kutayotgani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2026
Ispaniya Superkubogi finalidagi mag'lubiyat Madridda katta shov-shuvga sabab bo'ldi.

Biroq ispan OAV xabar berishicha, klub prezidenti Florentino Peres keskin qadamlar tashlash niyatida emas. Manbalarga ko'ra, "Real" rahbariyati hozircha Xabi Alonsoni ishdan bo'shatishni rejalashtirmayapti, ammo uning keyingi taqdiri navbatdagi o'yinlar natijalariga bevosita bog'liq bo'ladi.

Klubda vaziyat tarang ekanini yaxshi tushunishmoqda: jamoa "Barselona"dan uchta gol o'tkazib yuborib, Superkubokni boy berdi va o'yinga nisbatan savollar ko'paymoqda. Shunga qaramay, Peres hissiyotga berilgan qaror qabul qilmaslikka va murabbiyga vaziyatni o'zgartirish uchun imkoniyat berishga qaror qildi.

Ayni paytda madridliklarning ahvoli quyidagicha: La Ligada jamoa 45 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda va "Barselona"dan 4 ochkoga ortda. Chempionlar Ligasida esa jamoa 12 ochko bilan ettinchi pog'onani egallab turibdi.

"Real"ning navbatdagi uchrashuvi Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida "Albasete"ga qarshi bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN