Xabi Alonso – rekordchi!

Sherzod Nurmatov
24 feb 2025
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning safardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 28 uchrashuvga etkazdi (20 g'alaba, 8 durang).

U bu borada murabbiylar orasida Bundesliga rekordini o'rnatdi.

22 fevral kuni Germaniya chempionatining 23-turida "Xolshtayn" va "Bayer" jamoalari o'zaro bellashdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Alonso jamoasining safardagi so'nggi mag'lubiyati 2023 yilning 27 may kuni "Boxum"ga qarshi o'yinda (0:3) qayd etilgandi.

"Bayer" Bundesliganing joriy mavsumi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda (14 g'alaba, 8 durang, 1 mag'lubiyat). "Bavariya" bilan oradagi farq besh ochkoni tashkil etadi, ammo myunxenliklarda bitta zaxira o'yini ham mavjud.

Avvalroq Xabi Alonso rekordni takrorlagani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Sportstar

Izohlar

M.B
24 feb
Кеча чикарилиши керак булган хабарни бугун чикаряпсиларми? орадаги фарк 8 очко