Xall muxlislari maydonga tennis to'plarini uloqtirishdi... FOTO

Narzulla Saydullayev
24 fev 2018
Angliya Chempionshipi 34-turidan o'rin olgan Xall - Sheffild Yunayted (1:0) uchrashuvi maydonda begona buyumlar otilgani bois bir necha daqiqaga to'xtab qoldi.

Maydon egalari muxlislari jamoaning bu mavsumdagi qoniqarsiz natijalari tufayli maydonga yuzlab tennis to'plarini uloqtirishdi. O'yindan oldin Xall musobaqa jadvalida 24ta jamoa orasida 21-o'rinda edi. Ushbu g'alabadan keyin yo'lbarslar 20-o'ringa chiqishdi.

Bu akciya Xall xo'jayinlariga ham qaratilgandi. Uchrashuvdan oldin muxlislar stadion tashqarisida rahbariyatga noroziligini bildirishdi, o'yin paytida esa xushtakbozlik va turli bannerlar orqali o'z fikrlarini bildirishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Express.co.uk