Xames Rodriges transferlar oynasi yopilguncha "Everton"dan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2021
Xames Rodriges "Everton"dan ketadi.

"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges shu yozning o'zida klubdan kyetish niyatida. Liverpool Echo nashrining xabar berishicha, Xames yangi murabbiy Rafael Benitesning rejalariga kirmayapti. Futbolchiga "Milan" qiziqmoqda. Agar yaxshi taklif tushadigan bo'lsa, "Everton" futbolchini sotib yuborishga tayyor.

30 yoshli Rodriges o'tgan mavsumda "Everton" uchun 26 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo