Xart "Tottenxem" futbolchisiga aylanishi mumkin

Tolibjon Qosimov
5 dek 2016
"Tottenxem" Ugo Loris bilan yangi shartnoma masalasida kelisha olmayapti.

Fransiyalik futbolchiga bir qancha klublar tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Shu sababli ham, "shporlar" uning o'rniga boshqa posbon izlashni boshlab yuborganlar.

"Tottenxem" rahbariyati bu borada Jo Xart variantini ko'rib chiqmoqdalar.

Huquqiy jihatdan "Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan futbolchi ayni paytda ijara asosida "Torino"da to'p tepmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Mirror