Xaverc: "Lempard mening "Chelsi"ga o'tishimga ta’sir ko'rsatdi"

Alisher
5 sen 2020
"Chelsi"ning yangi o'yinchisi Kay Xaverc "aristokratlar" bosh murabbiyi Frenk Lempard haqida gapirdi.

"Lempard mening transferimga juda qattiq ta’sir ko'rsatdi. Menga uning futbolchilik paytidagi faoliyatini ko'rish yoqardi, tez-tez u ishtirokidagi o'yinlarni ko'rganman.

U menga ko'p narsani o'rgatadi deb o'ylayman. Uning qo'l ostida ish boshlashni intizorlik bilan kutyapman", - deydi germaniyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Xaverc "Chelsi" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda. Xavbek bundan oldin Leverkuzenning "Bayer" klubi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com