Xavi Bundesligada ish boshlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Erik ten Xag iste'foga chiqarilganidan keyin "Bayer" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sanaladi.

45 yoshli mutaxassis Kataloniya klubini 2021 yilning noyabridan 2024 yilning iyunigacha boshqargan. Shu vaqt ichida u 2022/23 yilgi mavsumda La Ligada "Barselona"ni chempionlikka olib chiqishga va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Xavi Ispaniyada ishlashdan oldin Qatarning "Al Saad" jamoasida faoliyat yuritgan.

"Bayer" Bundesliganing yangi mavsumida 2 tur o'ynadi va bor-yo'g'i 1 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Jamoaning navbatdagi o'yini 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi – leverkuzenliklar o'z maydonida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, Erik ten Xagning chetlatilishi Bundesliga tarixidagi eng tezi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC