Xavi "Inter Mayami" bosh murabbiyi bo'ladimi? Insayderlar ma'lumot berishdi

Mirjalol Normatov
21 noya 2024
"Barselona" sobiq ustozi Xavi "Inter Mayami"ni boshqarmaydi.

Oldinroq jamoa bosh murabbiyi Xerardo Martino shaxsiy sabablarga ko'ra jamoadan ketgani borasida rasmiy ma'lumot berilgandi. 44 yoshli Xavi esa argentinalikning o'rnida ishlashi aytilgandi.

Lekin "Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, "Inter Mayami" Xavi nomzodini ko'rib chiqmagan. Chunki ispaniyalik mutaxassisning "Barselona"dagi sobiq sheriklari bilan munosabatlari unchalik yaxshi emas.

"Barselona"dagi faoliyatining so'nggi paytlarida Xavining Serji Buskets bilan munosabatlari yomonlashgani ochiq-oydin ma'lum qilingandi. So'nggi haftalarda esa Leo Messi bilan oradagi munosabatlarga sovuqchilik tushgan.

Jordi Alba bilan o'rtada jiddiy muammo kelib chiqqan. Agarda Xavi "Inter Mayami" bosh murabbiyligiga kelsa, jamoada yomon muhit hukm surishi mumkin bo'lgan. Shu boisdan klub Xavi nomzodini o'rtaga tashlamagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport