

"Yana eng qiyin raqibga duch keldik. Lekin ushbu o'yinni intiqlik bilan kutamiz.
"Manchester Yunayted" uzoq tarixga ega jamoa. Ten Xag kelganidan beri ular sezilarli yutuqlarga erishdilar, qolaversa, tarkibda tajribali o'yinchilar etarlicha.
Bu biz uchun eng yomon qur'a. Bizga yana omad kulib boqmadi”, - dedi “Barselona” bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Barselona" "Inter" va "Bavariya" jamoalaridan ortga qolib, pley-offga chiqa olmagandi.



