"Xebey Forchun" Manchiniga bosh murabbiy lavozimini taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
13 avg 2016
"Inter" sobiq bosh murabbiy Roberto Manchini faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 51 yoshli mutaxassisning xizmatlariga "Xebey Chayna Forchun" qiziqish bildirmoqda.

Xitoy klubi Manchiniga murabbiy "Inter"da ishlayotgan paytidayoq qiziqib qolgan, ammo muzokaralar mutaxassisning iste'fosidan so'ng faollashgan.

Oldinroq "Xebey Forchun" rahbariyati Ispaniya terma jamoasi Visente del Boske bilan bog'langan, ammo tomonlar kelisha olishmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com