Xesus Valexo "Real"ga qaytdi va unga darhol eshikni ko'rsatishdi

Alisher
30 iyun 2024
Ispan OAV Xesus Valexoning qaytgani haqida yozmoqda.

Markaziy himoyachi "Granada"dagi ijarani yakunladi. Futbolchi "Real" bilan shug'ullanmoqda.

O'yinchining klubda istiqboli aniq yo'q. Karlo Anchelotti ancha oldin futbolchini sotishni so'ragan. O'tgan mavsum himoyachi uchun muvaffaqiyatsiz o'tdi. Valexo jarohati va zaif formasi sabab deyarli o'ynamadi.

Futbolchi "Real"da to'qqiz yil ichida jami 18ta o'yin o'tkazgan. U 2015 yildan beri klub tizimida.


AlisherMuallif
Manba: as.com