Xitoy, futbolining rivoji yo'lida muhim qarorni qabul qilish arafasida

Nadirkhuja Yuldashev
19 jan 2017
Endi xitoylik klublar o'z akademiyalarini ham rivojalntirishga majbur bo'ladilar.

Xitoy futbol Associaciyasi (CFA) bu haqdagi dasturini elon qildi. Unga ko'ra:


1. Har bir klubning bir yillik byudjetining 15% bolalar futboli yo'lida sarf qilinishi kerak. Shuningdek, har bir jamoaning U-19, U-17 va U-15 jamoalari bo'lishi shart.

2. Har bir jamoaning moddiy texnika bazasi bo'lishi lozim. Unda eng kamida 4ta maydon, shundan bittasi suniy bo'lishi shart.

3. CFA auditorlar yordamida klublarning sarf-xarajatlarini nazorat qilishi mumkin.

4. CFA bolalar futboliga bo'lgan etiborni, ularni mablag'siz qolmasligini uchun katta-katta summadagi transferlarni nazorat qiladi. Hozircha jamoalarga 30 mln AQSH dollarigacha bo'lgan tranfserlarni amalga oshirish imkoniyati beriladi. Mazkur summadan katta bo'lgan transferlar uchun ayrim soliqlar joriy qilinadi. Futbolchining transfer summasi qancha ko'p bo'lsa, bolalar futboliga shuncha ko'p miqdorda mablag' tushadi. Deylik, Xitoy klubi 100 mln AQSH dollari evaziga Pogbani sotib oladi. Shunda jamoa 15 mln AQSH dollarini bolalar futboliga o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

5. Super liga klublaridagi moliyaviy holatni stabil holatda turishi uchun klublarga foydani to'g'ri taqsimlash borasida ish olib borish.

6. Futbol jamoatidagi barcha menejerlar, qalloblik, o'g'rilik, pulni o'zlashtirish qabi jinoyatlarga qo'l urmasliklari lozimligi uqtirildi. Agar futbolga ajratilayotgan mablag'ni o'z manfaati yo'lida ishlatayotgan rahbar aniqlansa, unga nisbatan futboldan bir umrga chetlatish jazosi qo'llaniladi.

Hozircha yuqoridagi qonunlar rasman kuchga kirmagan. Bu qarorga CFA barcha klub menejerlari bilan bo'lib o'tgan kelishuv chog'ida keldi.



Nadirkhuja YuldashevMaqola muallifi
Muqova: http://sports.sina.com.cn/

Izohlar

Manchester U
20 jan 2017
Xtoydi qonida yuq barbir, futbol òynash. Xuddi Brazilya Xokeydi zòr òynaydiganday.
Oliy Liga
20 jan 2017
Bizda hozircha Kelishilgan uyinlaru - uzini pul qilayotgan soxta hakamlarni chorasi kurilsin. Boshqa muamolardan oldin ichki intizomni yaxshilasak bularmidi.
Only_team_Uzbekistan
19 jan 2017
Agar wunday bolsa 10 yildan keyn xitoy jahon chempioni bo'ladi
НАРИ "Кунград"
19 jan 2017
Хитой забт этмаган факат фудбол колуди энди буям забт этилади мана корасла
5886ilkham
19 jan 2017
Exe bizlar hayolan arzu qilamiz
Lazîz_üz
19 jan 2017
Yaqin orada Xitoy futboli ancha kuchayadi
Sarvar.2606
19 jan 2017
Ҳар бир жамоанинг моддий техника базаси бўлиши лозим. Унда энг камида 4та майдон, шундан биттаси сунъий бўлиши шарт. Yerni narxi oshadiyov
рашид нзанов
19 jan 2017
Bizning futboldayam chunaqa islohat otkazilarmikan a. Ammo bunaqa talablarga bizning klublar javob bera olmasa kerak ozi oylikni zorga beradiku chuning uchin klublarni husisiy qilib futbolga sarmoya kiritich kerak
Erkin Odilov - 19-79
19 jan 2017
Vay billiard o'ynayapmaaan, Xitoy katta parvozga chog'lanmoqda. Jim turing, shovqinlanmang,,, uyqu ichida MUZ bobo...)))
Californication
19 jan 2017
Agar 6-qoida bizada qo'llanilsa, UFFda xich kim qomidi
Ko'proq ko'rsatish