Xoakin “Betis” safida rekord o'rnatdi

Xoakin Sanches kecha La Liga 5-turida “Osasuna”ga qarshi (0:0) maydonga tushdi.

Xoakin 23 daqiqa maydonda to'p surdi. Bu futbolchi uchun “Betis” safida La Ligada o'tkazilgan 308-o'yin bo'ldi. Natijada Xoakin “Betis” safida La Liga doirasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Sanches “Betis”da 1999 yildan 2006 yilga qadar faoliyat olib borgan. Keyinchalik boshqa klublardagi faoliyatidan so'ng yana 2015 yil klubga qaytgan va hozirga qadar unda to'p surib kelmoqda.




Manba: Twitter/La Liga