"Xoffenxaym" xo'jayini koronavirusga qarshi vakcina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda

Alisher
17 mar 2020
"Xoffenxaym" xo'jayini Ditmar Xoppga tegishli kompaniyalardan biri koronavirusga qarshi vakcina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda.

Xabar qilinishicha, ushbu ishlar yanvar oyidan boshlangan. Xopp vakcina ustida ishlayotgan CureVac kompaniyasining 80% akciyasiga egalik qiladi.

"Bu Paul Erlixga bog'liq (Germaniya vakcinalar va biotibbiyot vositalari bo'yicha federal institut).

Dastlab uni hayvonlarda sinab ko'rish kerak, keyin odamlarda", - deydi "Xoffenxaym" xo'jayini.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Germaniya chempionati doirasidagi "Xoffenxaym" - "Bavariya" (0:6) o'yinida Xopp nomiga nomaqul so'zlar yangragan edi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: sport1.de

Izohlar

YOQUB 007
17 mar 2020
KIM BULSAYAM SHU NOMING UCHKUR VIRUSGA QARSHI VAKSINA TOPILAR TOZA JONGA TEGDI KUCHAGA CHIQOLMAY QOLDIK SHUNI DEB
FC CHELSEA....
17 mar 2020
Agar shu inson topsa Hofenxayim jamoasiga butun futbol muxlislari muxlislik qilamiz. Janob Hofenxaym prizidenti shuni toping. OLLOHIM OLIMLARNI OZI QOLLAB KASSALLAR TUZALIB SOGLAR SALOMAT BOLIB KASAL DAF BOLSIN.
FARRUXBEK.FC.BAYERN
17 mar 2020
tezroq topilar shu lanati virusga vaksina hoppga hurmatim yanada oshdi omad ishlariga
Market_Utd
17 mar 2020
Шу инсонни Бавария Хоффенхайм уйинида Бавария фанатлари емонам хурлашмади,одамни рахмини кегиздирворишди лекн,бечора бориб нималардир дисаям тухташмади.Канчадан канча Бавария афсоналариниям гапи утмади фанатларга.Узи шу инсон оддий кишлокдан чиккан дехконакан.