Xoland APL grandi bilan kelishib oldi

Eldor Akmurzayev
12 mar 2022
Bu haqda Daily Mail Germaniyadagi nashrlarga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Manchester Siti” “Borussiya D” forvardi Erling Xolandni yozda o'z safiga qo'shib oladi. Norvegiyalikning tovon puli 63 mln funtni tashkil etishi aytilmoqda. Xolandning agent Mino Rayolaga ketadigan mablag' bilan birga transfer 100 mln evroga baholanmoqda.

Shu tariqa, “shaharliklar” Erling uchun kurashda “Real”, “Barsa” hamda PSJni ortda qoldirdi.

Futbolchining otasi Alf-Ingening “Siti”da 3 yil o'ynagani ham 21 yoshli hujumchining “Etihad”da o'ynashiga hissa qo'shishi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: Daily Mail

Izohlar

Yuve&Dinamo
12 mar 2022
Siti kop jaroxat oladganlarni olmasa kerak
Yuve&Dinamo
12 mar 2022
Jaroxatdan qutulolmayabdi sinib qolmasa bogani
Furkatbek Umarov
12 mar 2022
Uje jonga tegdi shu bola xaqidagi xabarlar
Furkatbek Umarov
12 mar 2022
Uje jonga tegdi shu bola xaqidagi xabarlar
Жим Керри
12 mar 2022
Тезов уйинчи барсага утса яхши булар эди