Xolandning agenti: "Barselona"? Hech qanday muzokaralar bo'lmagan"

Mirjalol Normatov
12 mar 2026
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta mijozining "Barselona"ga o'tishi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.

Oldinroq, agarda Viktor Font "Barselona" prezidentligi saylovida g'olib chiqsa, jamoaga Erling Xolandni olib kelishini aytgandi.

"Barselona"ga hurmat bilan munosabatdamiz. Biroq ular bilan hech qanday muzokaralar bo'lmagan. Futbolchi bir necha oylar oldin klub bilan shartnomasini uzaytirdi va u "Manchester Siti"da baxtli", - dedi Pimenta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo