"Xorazm" serbiyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2026
Nikola Stoshich yangi mavsumda "Xorazm" darvozasini qo'riqlaydi.

"Xorazm" matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jamoa Superligada o'ynash tajribasiga ega bo'lgan serbiyalik posbon Nikola Stoshich bilan shartnoma imzoladi. 31 yoshli darvozabon o'tgan mavsum Tojikistonning "Istiqlol" jamoasida o'ynagan. Stoshich 2022 yilda "Buxoro"ga kelib, 1,5 yil davomida jamoa darvozasini qo'riqlagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати